La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, A Seriya barcha yangiliklarni ham qabul qilmadi.
✅ A Seriya ligasi qoidalardagi quyidagi o'zgarishlarni ma'qulladi va ularni qo'llaydi:
— darvozabon to'pni sakkiz soniyadan ortiq ushlab tura olmaydi (besh soniyadan so'ng hakam hisobni boshlaydi), aks holda raqib burchak zarbasi tepish huquqiga ega bo'ladi;
— maydonda tibbiy yordam ko'rsatilgan futbolchilar (darvozabonlardan tashqari) kamida bir daqiqaga maydonni tark etishlari shart;
— agar ikkinchi sariq kartochka xato ko'rsatilgan bo'lsa, VAR aralashishi mumkin;
— agar hakam burchak zarbasini belgilashda xatoga yo'l qo'ysa, VAR vaziyatga aralasha oladi.
❌ A Seriyada og'izni kaft bilan yopib gaplashgan futbolchilar chetlatilmaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!