Alessandro Buongiorno jarohat oldi
Napoli himoyachisi Alessandro Buongiorno o'ng tizzasidagi jarohat sababli mavsumoldi yig'inini o'tkazib yuboradi.
🚨 Yomon xabar.
Napoli matbuot xizmati xabariga ko'ra:
Alessandro Buongiorno yuzaga kelgan muammolar sababli mavsumoldi yig'inida ishtirok eta olmaydi. Himoyachi tibbiy ko'rikdan o'tdi va uning o'ng tizzasida operatsiya zarurligini aniqlash uchun qo'shimcha maslahatlashuvlar talab etiladi.