Aurelio De Laurentis... otlar haqida
Forza Napoli ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 25

Aurelio De Laurentis... otlar haqida

🐎🐎🐎Aurelio De Laurentis... otlar haqida.

🐴«Napoli» egasi yangi libos taqdimotida klub ramzlaridan biri bo‘lgan ot haqida ham gapirib o‘tdi:

«Barakka* o‘z samolyotida xuruj qilayotgan tulpor tasviridan foydalangan, keyin Askarelli, qolaversa, Ferrari va Porsche ham otdan foydalanishgan.

Xitoyliklarda esa bu ot yili hisoblanadi, bizda hatto xitoylik avtomobil homiysi ham bor, bu juda mos keladi.

Bolaligimda otam meni ot poygalariga olib borardi, ko‘p pul sarflab, katta tikishlar qilardi. Ot biz uchun o‘ziga xos ramzga aylandi, shuningdek, u Maks Allegri*** uchun ham ramzdir. To‘g‘risini aytganda, Maks menga qayerdan ot topishni maslahat berishi kerak, toki biz unga ko‘k rangli mayka kiygan jokeyni o‘tqaza olsak».

 Franchesko Barakka - italiyalik uchuvchi, Birinchi jahon urushi qahramon
Djordjio Askarelli - «Napoli»ning birinchi prezidenti; klub ramzi sifatida Quyosh Tulporini tanlashni taklif qilgan.
*** Otlar saqlanadigan otxona egasi hisoblanadi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!