Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, BBVA bilan tuzilgan kelishuv rekord darajada: «Inter» 8,5 million yevro ishlab oladi. Bu Italiya futbolidagi eng qimmat yeng (yengdagi reklama) homiylik shartnomasi hisoblanadi.
Taqqoslash uchun, «Milan» va MSC o'rtasidagi homiylik klubga mavsumiga 5 million yevro daromad keltiradi. «Yuventus» va WhiteBit, «Napoli» va Dongfeng — 4 million yevro, «Roma» va Wizz Air esa 3 million yevro oladi.
Yevropa miqyosida «Inter» endilikda «Bavariya» (Allianz'dan 8 million yevro) bilan bir qatorda turibdi va «Atletiko Madrid»ni (Kraken'dan 7 million yevro) ortda qoldirmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!