«Roma» Grinvudning maosh bo‘yicha yangi talablar ilgari surganidan keyin u bilan muzokaralarni to‘xtatib qo‘ydi.
Alfredo Pedullaning ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda «Roma» va «Fenerbaxche» Grinvudga asosiy da’vogar bo‘lib turishgandi. Biroq, xabarlarga ko‘ra, futbolchi dastlab so‘ragan 5 million yevrolik maoshi o‘rniga endi 6 million yevrodan ko‘proq maosh talab qilgan.
«Trigoriya»da endi uning nomzodi sinchiklab o‘rganib chiqilmoqda: uning profili ularga ma’qul kelmoqda, ammo uning poytaxtga transferi bo‘yicha kelishuv ancha qimmatga tushadi.
Bundan tashqari, jurnalistning xabar berishicha, Gasperini va Grinvud hech qachon gaplashishmagan va futbolchi bilan hech qanday kelishuv bo‘lmagan.