Roberto De Zerbi va Konor Gallaxer «Tottenxem»dagi yangi mavsum haqida
Roberto De Zerbi va Konor Gallaxer «Tottenxem»dagi yangi mavsum, transferlar va jamoada o'rnatilayotgan yangi standartlar haqida gapirib o'tishdi.
🎤 Roberto De Zerbi «Chelsi» kabi klublarga qarshi o'rtoqlik o'yini bo'lmasligi haqida:
«O'rtoqlik o'yini? Bilasizmi, «Chelsi» darajasidagi top-klubga qarshi o'ynaganingizda, bu hech qachon o'rtoqlik o'yini bo'lmaydi».
🎤 Jamoaning mavsumoldi tayyorgarlikdagi asosiy maqsadi haqida:
«Biz ularning jismoniy holatini yaxshilashga harakat qilyapmiz. Asosiy vazifa — mavsum boshlanishiga eng yaxshi tarzda tayyorgarlik ko'rish, Premer-liga boshlanganda esa biz natijalarga erishishga e'tibor qaratamiz».
🎤 Konor Gallaxer yosh futbolchilar uchun standartlar o'rnatishi haqida:
«Yosh futbolchilar nimalarni boshdan kechirayotganini juda yaxshi tushunaman. Maydonda va undan tashqarida standartlarni belgilash, ularga qanchalik professional bo'lish kerakligini ko'rsatish va qo'limdan kelgancha yordam berish uchun bor kuchimni ishlayapman».
🎤 Yangi transferlar haqida:
«Shubhasiz, biz allaqachon bir nechta ajoyib transferlarni amalga oshirdik, bu klub uchun juda yaxshi. Shu bilan birga, ular nafaqat yaxshi futbolchilar, balki ajoyib insonlardir, menimcha, jamoada to'g'ri xarakterga ega odamlar bo'lishi juda muhim.
Bu bizni yanada kuchliroq qiladi. O'tgan mavsumda biz juda og'ir davrni boshdan kechirdik, hozir esa jamoa sifatida yaxshilanishga bo'lgan qat'iyat va istak bilan to'lamiz.
Hamma juda xursand. Umid qilamanki, bu biz uchun haqiqatan ham yaxshi mavsum bo'ladi».
🎤 Asosiy tarkibdagi raqobat haqida:
««Tottenxem» kabi klubda o'ynayotganingizda, agar asosiy tarkib uchun raqobat bo'lmasa, demak, nimadir noto'g'ri. Bu top-klub futbolchisi uchun tabiiy holat».
🎤 Yarim himoyadagi pozitsiyasi haqida:
«Rostini aytsam, murabbiy qayerda aytsa, o'sha yerda o'ynashga tayyorman. O'nlik, sakkizlik yoki tayanch yarim himoyachi — muammo yo'q. Yarim himoyaning istalgan pozitsiyasida o'ynash menga yoqadi.
Oxirgi paytlarda ko'proq o'nlik pozitsiyasida o'ynayapman. Oldinga o'tish yoqimli, u yerda qo'limdan kelgan eng yaxshi ishni qila olaman: yaxshi pressing qilish va jamoani boshqarishga harakat qilish. Umuman olganda, men uchun farqi yo'q».
🎤 De Zerbi unga qanday qilib ishonchni qaytargani haqida:
«O'ylaymanki, futbolda ishonch — bu juda katta narsa va har bir futbolchiga yaxshi o'ynashi uchun bu kerak. Murabbiy mendagi aynan shu narsani tushundi.
Men kerakli darajada o'ynamayotgan edim, lekin u nimalarga qodirligimni bilar edi. Shubhasiz, u «Brayton»da, men esa «Chelsi»da bo'lganimda, bir-birimizga qarshi ko'p o'ynaganmiz. U meni yaxshi futbolchi deb hisoblagan, o'sishim va o'sha ishonchni qaytarishim uchun nima qilish kerakligini bilgan. Menga yordam bergan eng muhim narsa shu».
🎤 De Zerbi qo'l ostidagi yangi bosqich haqida:
«Hozir hamma narsa ancha yoqimli bo'lib qoldi. Bu yangi boshlanish, yangi futbolchilar, yangi o'yin uslubi. Biz barchamiz bir to'lqinda bo'lishimizga, qanday o'ynayotganimizni va murabbiy bizdan nima xohlayotganini tushunishimizga harakat qilyapmiz».