Erik Kantona Meyson Grinvudning transferi haqida fikr bildirdi
Erik Kantona "Manchester Yunayted"ning Meyson Grinvudni sotib yuborganini tanqid qildi va klubning futbol siyosatidan noroziligini bildirdi.
🗣️ Erik Kantona "Manchester Yunayted"ning Meyson Grinvudni "Fenerbaxche"ga 12,4 million yevro evaziga sotib yuborgani haqida shunday dedi:
Biznes nuqtayi nazaridan yaxshi bitim, ammo futbol siyosati jihatidan muvaffaqiyatsizlik... uni dastlab "Marsel"ga jo'natishdan avval saqlab qolishimiz mumkin edi.
Ayollar jamoasi nima deb o'ylashi menga qiziq emas... u barcha ayblovlardan oqlangan edi... biz uni asosiy tarkibga qaytarishimiz mumkin edi... INEOS bunday vaziyatlarni ancha yaxshiroq hal qilishi kerak.
Biz jahon darajasidagi olmosni, "Karrington" akademiyasi tarbiyalanuvchisini arzon-garovga boy berdik... umid qilamanki, bunday holat boshqa takrorlanmaydi.
Muvaffaqiyatda davom et, Grinvud va o'zing munosib bo'lgan eng yaxshi futbolchiga aylan. Senga omad tilayman.