«Lids» Payshao transferi ustida ishlamoqda
Santi Auna xabariga ko'ra, «Lids» Payshao transferi bo'yicha dastlabki muzokaralarni boshladi. Klublar futbolchining narxi borasida kelishuvga erishgani yo'q.
Santi Auna xabariga ko'ra, Payshao «Lids»ning hujum chizig'ini kuchaytirish bo'yicha qisqa ro'yxatida uchinchi o'rinda turibdi. Futbolchining vakillari bilan dastlabki muzokaralar allaqachon o'tkazilgan.
MakKort futbolchining transferi uchun 50 million yevro talab qilmoqda, ingliz klubi esa braziliyalik futbolchini 30-35 million yevroga baholamoqda.