Roberto De Zerbi transferlar uchun sarflanayotgan katta mablag'lar borasidagi bosim haqida:
Hech qanday bosim yo'q. Bir kuni Londonda taksi haydovchisi transfer kampaniyamiz bilan tabriklash uchun meni to'xtatdi. U: "Siz juda ko'p pul sarflayapsiz", dedi.
Men undan: "Qaysi jamoaga muxlislik qilasan?" deb so'radim. U: "Arsenal"ga", deb javob berdi. Men esa: "Ammo sizning klubingiz ham uch-to'rt yildan beri katta mablag' sarflamoqda", dedim.
"Manchester Siti", "Liverpul", "Chelsi" va "Arsenal" – jadval cho'qqisida qolish uchun ular ham pul sarflashgan.
Agar raqobatlashmoqchi bo'lsangiz, hozir biz top-o'yinchilarni jalb qilishimiz kerak va biz aynan shuni qilyapmiz.
Yosh iqtidorlarni rivojlantirish haqida:
"Tottenxem" kabi klub uchun bu darajamizni saqlab qolishda juda muhim. Chunki Chempionlar ligasi yoki yevrokuboklarda o'ynaganingizda, moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilish uchun qaydnomani o'z tarbiyalanuvchilaringiz bilan to'ldirish juda muhim.
Ba'zida odamlar feyr-pley qoidalarini unutib qo'yishadi, ammo akademiyada o'yinchilarni tarbiyalash juda zarur.
Hozir biz uch-to'rt nafar salohiyatli kuchli futbolchilar – Uilyams-Barnett, Xardi va Mur kabi yigitlar bilan ishlayapmiz.
Bu mening ishimning bir qismi va men unga xuddi shunday ishtiyoq, e'tibor va munosabat bilan yondashaman, chunki bu klubning buguni va kelajagi uchun muhim.
Konor Gallaxer haqida:
Men Konorni top-o'yinchi va ajoyib inson deb bilaman. Men uchun yaxshi inson bo'lish yaxshi futbolchi bo'lishdan ham muhimroq, Konor esa ikkalasini ham o'zida mujassam etgan.
Konor optimal formada bo'lganida, biz xuddi maydonda bir kishi ko'proq o'ynayotgandek bo'lamiz, chunki u ikki kishiga teng.
Roberto De Zerbi jarohatlar haqida:
Jeymsda kichik muammo bor. Men tavakkal qilishni istamayman, ayniqsa hozir va ayniqsa uning holatida, o'tgan mavsumdagi jarohatini hisobga olsak.
Xuddi shu narsa Mateus Fernandesga ham tegishli. Hozir tavakkal qilish uchun mos vaqt emas.
Bugun vafot etgan Franko Barezi haqida:
Men "Milan" akademiyasida bo'lganman va 15-16 yoshimda asosiy jamoa bilan ko'p shug'ullanganman.
U ham mening shahrimdan. O'ylaymanki, u dunyodagi eng yaxshi himoyachi edi. Ajoyib sardor, klass futbolchi. Uning vafotidan juda ham afsusdaman.
U faoliyatini juda yosh yakunlagan. "Milan" va Italiya terma jamoasi sardori bo'lgan. Bugun ko'plab o'yinchilar bilan gaplashaman, ular hatto uning o'yinini ko'rishmagan ham. U aqlbovar qilmas darajada edi va balki Maldinidan ham kuchliroq bo'lgan, garchi Maldini ham top, top, top bo'lsa-da.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!