Roberto De Zerbi: «Yangi vinger tanlashda qanot himoyachilarining o'yin uslubiga qaraymiz»
The Hotspur Way ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 10

Roberto De Zerbi: «Yangi vinger tanlashda qanot himoyachilarining o'yin uslubiga qaraymiz»

🚨 Roberto De Zerbi «Tottenxem»ga yangi vingerlar tanlash jarayoni haqida fikr bildirdi:

«Bir-biriga o'xshash futbolchilar bo'lmaydi. Bir vinger qanotda kengroq harakat qilsa, boshqasi markazga intiladi. Kimdir qanot himoyachisi bilan yaxshiroq til topishsa, kimdir yakka tartibda harakat qilishga qodir.

Hozir bizda to'rtta ajoyib qanot himoyachisi bor. O'ylaymanki, Pedro Porro dunyodagi eng yaxshi o'ng qanot himoyachisi. Shuningdek, bizda Udoji, Robertson va har ikki qanotda o'ynay oladigan Jed Spens bor.

Shu sababli, yangi vinger bilan shartnoma imzolashdan avval, u qaysi qanot himoyachisi bilan birga o'ynashini hisobga olishimiz kerak. Biz jamoada bor futbolchilardan kelib chiqib ish tutamiz».

Manba: Alasder Gold

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!