Bobirjon Asqarov «Mash'al» futbolchisiga aylandi
Muborakning «Mash'al» klubi himoyachi Bobirjon Asqarov bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.
Muborakning «Mash'al» futbol klubi Superliga ikkinchi davrasi oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda. Jamoa o'zbekistonlik himoyachi Bobirjon Asqarov bilan shartnoma imzoladi.
27 yoshli futbolchi 1999-yil 2-sentabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. U asosan markaziy himoya chizig'ida harakat qiladi, zarurat tug'ilganda tayanch yarim himoyachisi sifatida ham samarali o'ynay oladi. Shuningdek, u O'zbekiston U-23 terma jamoasi safida ham to'p surgan.
Futbolchilik faoliyati davomida Asqarov «Paxtakor» va «Lokomotiv» klublari sharafini himoya qilgan. U «Paxtakor» safida O'zbekiston Superligasi chempioni va mamlakat Kubogi sohibi bo'lgan. Shuningdek, «Lokomotiv» bilan Pro-liga chempionligini qo'lga kiritgan.
Markaziy himoyadagi tajribasi va g'oliblik ruhi bilan jamoamizga katta foyda keltirishiga ishonamiz. Xush kelibsiz, Bobirjon Asqarov! «Mash'al» safida omad va yorqin g'alabalar tilaymiz!