#Strahinya Boshnyak — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Mash'al serbiyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi
FCMASHAL.UZ ↗ Transfer

Mash'al serbiyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi

Muborakning Mash'al klubi serbiyalik markaziy himoyachi Strahinya Boshnyak bilan 2026 yil yakuniga qadar shartnoma imzoladi.

Muborakning Mash'al futbol klubi yozgi transferlar davrida tarkibini yana bir tajribali himoyachi bilan kuchaytirdi. Jamoa serbiyalik markaziy himoyachi Strahinya Boshnyak bilan 2026 yil mavsumi yakuniga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.

27 yoshli futbolchi 1999 yil 18 fevralda Serbiyaning Kralevo shahrida tug'ilgan. U 1,84 metr bo'yga ega bo'lib, chap oyoqda o'ynaydi. Asosiy pozitsiyasi — markaziy himoyachi. Strahinya Serbiya va Bosniya va Gersegovina fuqaroligiga ega.

Boshnyak futbolchilik faoliyatini OFK Belgrad akademiyasida boshlagan, keyinchalik Serbiyaning mashhur Partizan akademiyasida tahsil olgan. Katta futbolda esa Partizan, Vojdovats, Jarkovo, Radnichki (Sremska Mitrovitsa), Italiyaning Gravina hamda so'nggi marta Serbiyaning Dubochitsa (Leskovats) klublari safida to'p surgan. Himoyachi Serbiyaning turli yosh toifasidagi terma jamoalarida ham muntazam o'ynagan. U U-16, U-17, U-18 va U-19 jamoalarida jami 40 dan ortiq uchrashuvda ishtirok etgan, U-21 terma jamoasi safida esa bitta rasmiy o'yinda maydonga tushgan.

Klub rahbariyati tajribali va chap oyoqda ishonchli harakat qiladigan markaziy himoyachining kelishi jamoa himoya chizig'ida raqobatni yanada kuchaytirishi hamda Mash'alning mavsum oldiga qo'ygan vazifalarini bajarishida muhim o'rin tutishiga ishonch bildirmoqda.

Mash'al futbol klubi Strahinya Boshnyakni jamoamiz safiga qutlaydi va unga Muborakda omadli faoliyat, muvaffaqiyatli o'yinlar tilaydi!

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.