Mash'al Doniyor Narzullayev bilan shartnoma imzoladi
FCMASHAL.UZ ↗ ●●●●● Transfer 👁 18

Mash'al Doniyor Narzullayev bilan shartnoma imzoladi

Muborakning Mash'al futbol klubi Superliga restarti oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda. Jamoa tajribali qanot hujumchisi Doniyor Narzullayev bilan shartnoma imzoladi.

31 yoshli futbolchi 1995 yil 11 aprel kuni Qarshi shahrida tavallud topgan. U asosan o'ng qanot hujumchisi sifatida harakat qiladi, shuningdek, chap qanot va hujumkor yarim himoyachi pozitsiyalarida ham samarali o'ynay oladi.

Doniyor Narzullayev faoliyati davomida O'zbekistonning qator jamoalari sharafini himoya qilgan bo'lib, Superliga va Pro ligada katta tajriba to'plagan. U yoshlar terma jamoalarida ham to'p surgan va O'zbekiston U-23 terma jamoasi safida maydonga tushgan.

Tezkorligi, driblingi va hujumda xavfli vaziyatlar yarata olishi bilan ajralib turadigan futbolchining Mash'al hujum chizig'iga yangi impuls olib kirishi kutilmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!