Muborakning Mash'al futbol klubi tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda. Jamoa o'zbekistonlik himoyachilar Tohir To'xtasinov hamda Farrux Ibragimov bilan shartnoma imzoladi.
22 yoshli Tohir To'xtasinov asosan chap qanot himoyachisi sifatida harakat qiladi. U faoliyati davomida So'g'diyona sharafini himoya qilgan hamda O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi safida 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Tezkorligi, hujumga faol qo'shilishi va qanotdagi ishonchli o'yini bilan ajralib turadigan futbolchi Mash'al himoya chizig'ida raqobatni yanada kuchaytirishi kutilmoqda.
Farrux Ibragimov esa 1996 yil 15 may kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. U markaziy himoyachi sifatida to'p suradi, shuningdek, zaruratga qarab chap va o'ng qanot himoyasida ham harakat qila oladi. Faoliyati davomida O'zbekiston chempionatining bir qator jamoalari safida o'ynab, Superliga va Pro-ligada boy tajriba to'plagan. So'nggi mavsumlarda esa Xorazm sharafini himoya qilib kelgan.
Mash'al futbol klubi Tohir To'xtasinov va Farrux Ibragimovni jamoamiz safiga qo'shilgani bilan samimiy qutlaydi. Ularga Muborak klubi safida muvaffaqiyatli mavsum, omadli o'yinlar, mustahkam sog'liq va yorqin g'alabalar tilaymiz!
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!