Mashal rossiyalik darvozabonni tarkibga qo'shib oldi
Muborakning Mashal klubi rossiyalik darvozabon Vladislav Rusanov bilan shartnoma imzoladi.
Muborakning Mashal futbol klubi yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda. Klub rossiyalik darvozabon Vladislav Rusanov bilan mehnat shartnomasi imzoladi.
24 yoshli posbon 2001-yil 1-avgust kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tug'ilgan. Uning bo'yi 2,00 metr bo'lib, darvozabon pozitsiyasida harakat qiladi.
Futbolchilik faoliyati davomida Belarusning Energetik-BGU hamda Rossiyaning Leon Saturn jamoalari sharafini himoya qilgan. So'nggi ikki yarim mavsumda Leon Saturn safida 50 dan ortiq rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, o'zini ishonchli darvozabon sifatida namoyon etgan.
Mashal futbol klubi Vladislav Rusanovni jamoamiz safiga qo'shilgani bilan tabriklaydi va unga Muborakdagi faoliyati davomida omad, mustahkam sog'liq hamda yorqin g'alabalar tilaydi.