#Eldor Shomurodov — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Otabek Shukurov Mash'al futbolchilari bilan uchrashdi

Otabek Shukurov Mash'al futbolchilari bilan uchrashdi

O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov o'zining ilk akademiyasi bo'lgan Mash'al futbolchilari bilan uchrashib, ularni ruhlantirdi.

Superliga doirasidagi uchrashuvdan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi, Mash'al akademiyasi tarbiyalanuvchisi Otabek Shukurov Toshkentda jamoamiz futbolchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Shukurov futbolchilarga iliq tilaklarini bildirib, mavsumning qolgan qismida ishonch, jipslik va kurashchanlik bilan harakat qilishga chaqirdi. O'zi bosib o'tgan futbolchilik yo'li haqida gapirib, mehnat va intizom har qanday futbolchini katta yutuqlarga olib chiqishini ta'kidladi.

Shuningdek, Otabek Shukurov jamoaga o'z imzosi tushirilgan esdalik futbolkasini sovg'a qildi. Bu sovg'a futbolchilar uchun yoqimli xotira va qo'shimcha motivatsiya bo'ldi.

Aytish joizki, Otabek Shukurov aynan Mash'al akademiyasida kamol topib, katta futbolga yo'l olgan. Akademiya bugungi kunga qadar O'zbekiston futboliga Eldor Shomurodov, Otabek Shukurov va boshqa ko'plab iqtidorli futbolchilarni yetkazib bergan yurtimizdagi eng nufuzli futbol maktablaridan biri hisoblanadi.

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.