Muborakning Mash'al futbol klubi murabbiylar shtabida o'zgarish amalga oshirildi.
Klubning amaldagi bosh murabbiyi Ildar Sakaev klub texnik direktori lavozimiga o'tkazilganligi munosabati bilan jamoa bosh murabbiyligiga tajribali mutaxassis Sergey Lushchan tayinlandi.
53 yoshli murabbiy Toshkent shahrida tug'ilgan. U futbolchilik faoliyati davomida Paxtakor, Navbahor, Rossiyaning Krilya Sovetov hamda Rostov klublari safida to'p surgan.
Murabbiy sifatida esa Bunyodkor, So'g'diyona, Dinamo, Belarusning Shaxtyor (Soligorsk) va Shaxtyor (Petrikov), shuningdek, Namanganning Navbahor klublarida faoliyat yuritgan. Uning so'nggi ish joyi Navbahor bo'lib, 2024–2025 yillar davomida jamoani boshqargan.
Mash'al futbol klubi Sergey Lushchanni bosh murabbiy lavozimiga tayinlangani bilan tabriklaydi hamda jamoamiz bilan yuksak natijalar va ulkan zafarlar tilaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!