Mash'al ikki futbolchi bilan xayrlashdi
"Mash'al" futbol klubi Shahboz Jo'rayev va Samandar Ochilov bilan o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qildi.
"Mash'al" futbol klubi tarkibida ko'p yillar davomida samarali faoliyat olib borgan futbolchilar Shahboz Jo'rayev hamda Samandar Ochilov bilan tuzilgan mehnat shartnomalari o'zaro kelishuvga asosan bekor qilindi.
Har ikki futbolchi klubimiz safida o'zining mehnatsevarligi, fidoyiligi va jamoaga sadoqati bilan muxlislar mehrini qozondi. Ular "Mash'al" sharafini munosib himoya qilib, jamoamizning yutuqlari yo'lida munosib hissa qo'shishdi.
"Mash'al" futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar hamda ko'p sonli muxlislar nomidan Shahboz Jo'rayev va Samandar Ochilovga klubimiz rivojiga qo'shgan munosib hissasi, halol mehnati va fidokorona xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Aziz futbolchilarimizga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat, mustahkam sog'liq, yangi jamoalarida ulkan zafarlar va faoliyati davomida yuksak natijalar tilaymiz.
Sizlar har doim "Mash'al" oilasining bir qismi bo'lib qolasizlar. Omad yor bo'lsin!