Mash`al — yangiliklari Umumiy
Mash`al va bog'liq yangiliklar
Vladislav Rusanov va Drago Bumbar «Mash'al» safida debyut qildi
Darvozabon Vladislav Rusanov va markaziy himoyachi Drago Bumbar «Mash'al» tarkibida debyut qilishmoqda.
Darvozabon Vladislav Rusanov va markaziy himoyachi Drago Bumbar «Mash'al» tarkibida debyut qilishmoqda.
Bunyodkor klubi o‘rtoqlik o‘yinida Mash'al jamoasi bilan durang o‘ynadi
Nazorat uchrashuvi
Nazorat uchrashuvi
🔵“BUNYODKOR” - “MASH’AL”🔵 - 1:1
Gollar: Nosirjon Abdusalomov, 64 - 1:0. Mahmud Jo‘raboyev, 84 - 1:1.
Bog'liq yangiliklar
Otabek Shukurov Mash'al futbolchilari bilan uchrashdi
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov o'zining ilk akademiyasi bo'lgan Mash'al futbolchilari bilan uchrashib, ularni ruhlantirdi.
Superliga doirasidagi uchrashuvdan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi, Mash'al akademiyasi tarbiyalanuvchisi Otabek Shukurov Toshkentda jamoamiz futbolchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Shukurov futbolchilarga iliq tilaklarini bildirib, mavsumning qolgan qismida ishonch, jipslik va kurashchanlik bilan harakat qilishga chaqirdi. O'zi bosib o'tgan futbolchilik yo'li haqida gapirib, mehnat va intizom har qanday futbolchini katta yutuqlarga olib chiqishini ta'kidladi.
Shuningdek, Otabek Shukurov jamoaga o'z imzosi tushirilgan esdalik futbolkasini sovg'a qildi. Bu sovg'a futbolchilar uchun yoqimli xotira va qo'shimcha motivatsiya bo'ldi.
Aytish joizki, Otabek Shukurov aynan Mash'al akademiyasida kamol topib, katta futbolga yo'l olgan. Akademiya bugungi kunga qadar O'zbekiston futboliga Eldor Shomurodov, Otabek Shukurov va boshqa ko'plab iqtidorli futbolchilarni yetkazib bergan yurtimizdagi eng nufuzli futbol maktablaridan biri hisoblanadi.
Mash'al jamoasiga Sergey Lushchan bosh murabbiy etib tayinlandi
Muborakning Mash'al klubi bosh murabbiyligiga Sergey Lushchan tayinlandi. Ildar Sakaev esa klub texnik direktori lavozimiga o'tkazildi.
Muborakning Mash'al futbol klubi murabbiylar shtabida o'zgarish amalga oshirildi.
Klubning amaldagi bosh murabbiyi Ildar Sakaev klub texnik direktori lavozimiga o'tkazilganligi munosabati bilan jamoa bosh murabbiyligiga tajribali mutaxassis Sergey Lushchan tayinlandi.
53 yoshli murabbiy Toshkent shahrida tug'ilgan. U futbolchilik faoliyati davomida Paxtakor, Navbahor, Rossiyaning Krilya Sovetov hamda Rostov klublari safida to'p surgan.
Murabbiy sifatida esa Bunyodkor, So'g'diyona, Dinamo, Belarusning Shaxtyor (Soligorsk) va Shaxtyor (Petrikov), shuningdek, Namanganning Navbahor klublarida faoliyat yuritgan. Uning so'nggi ish joyi Navbahor bo'lib, 2024–2025 yillar davomida jamoani boshqargan.
Mash'al futbol klubi Sergey Lushchanni bosh murabbiy lavozimiga tayinlangani bilan tabriklaydi hamda jamoamiz bilan yuksak natijalar va ulkan zafarlar tilaydi.