Ifeanyi Ifeanyi «Mash'al» safiga qaytdi
Nigeriyalik yarim himoyachi Ifeanyi Ifeanyi Muborakning «Mash'al» klubi bilan yarim yillik shartnoma imzoladi.
Muborakning «Mash'al» futbol klubi tarkibini tajribali futbolchi bilan kuchaytirishda davom etmoqda.
Nigeriyalik yarim himoyachi Ifeanyi Ifeanyi klubimiz bilan 2026-yil yakuniga qadar mo'ljallangan yarim yillik shartnoma imzoladi.
30 yoshli futbolchi markaziy yarim himoya chizig'ida harakat qiladi. Shuningdek, u hujumkor va tayanch yarim himoyachi pozitsiyalarida ham o'ynay oladi. Ifeanyi Nigeriya milliy terma jamoasi safida ham to'p surgan tajribali futbolchi hisoblanadi. Futbolchilik faoliyati davomida «MFM», «Akwa United», Jazoirning «ES Setif», Iroqning «Newroz» va «Al-Najaf», shuningdek, O'zbekistonning «Qizilqum» klublarida faoliyat olib borgan.
Ifeanyi Ifeanyi «Mash'al» uchun begona emas. U 2020–2021-yilgi mavsumda jamoamiz sharafini munosib himoya qilgan va endi yana jamoaga yordam berish, o'zining boy tajribasini ishga solish uchun Muborakka qaytmoqda.
«Mash'al» futbol klubi Ifeanyi Ifeanyini yana o'z safiga qaytgani bilan qutlaydi va unga jamoamiz bilan yangi muvaffaqiyatlar tilaydi!