Mash'al chernogoriyalik himoyachini o'z safiga qo'shib oldi
FCMASHAL.UZ ↗ ●●●●● Transfer 👁 18

Mash'al chernogoriyalik himoyachini o'z safiga qo'shib oldi

Mash'al chernogoriyalik markaziy himoyachi Drago Bumbar bilan mehnat shartnomasi imzoladi.

28 yoshli futbolchi 1997 yil 10 noyabrda Chernogoriyaning Kotor shahrida tavallud topgan. Uning bo'yi 193 santimetr bo'lib, asosan markaziy himoyachi sifatida harakat qiladi. Zarur holatlarda o'ng qanot himoyasida ham o'ynay oladi. O'ng oyoqli futbolchi jismoniy kuchi, havodagi kurashlardagi ustunligi va ishonchli himoyaviy harakatlari bilan ajralib turadi.

Faoliyati davomida Chernogoriya, Serbiya va Albaniya chempionatlarida to'p surgan Bumbar so'nggi mavsumlarda Chernogoriya Premer-ligasining Bokel klubi sharafini himoya qildi. U professional faoliyati davomida 165 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan.

Drago Bumbarning xalqaro tajribasi va himoya chizig'idagi barqaror o'yini Mash'alning yangi mavsum oldidan oldiga qo'ygan vazifalarini bajarishda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.

Mash'al futbol klubi Drago Bumbarga muboraklik tilaydi va jamoamiz safida omadli o'yinlar, yorqin g'alabalar hamda muvaffaqiyatli faoliyat tilab qoladi!
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!