Transfer DealSheet ma'lumotlariga ko'ra, Chelsi uchun yozgi transfer oynasining qolgan qismidagi asosiy ustuvor vazifa tarkibni tozalash hisoblanadi. Yangi transferlarni istisno qilib bo'lmaydi, ammo asosiy ish futbolchilarni sotishga qaratiladi.
Chavarriya bo'yicha muzokaralar hali ham davom etmoqda. Klublar hali kelishuvga erishgani yo'q. Chelsi'da boshqa variantlar ham bor, ammo Pep ustuvor maqsad bo'lib qolmoqda.
Alaybegovichni Chelsi emas, Strasbur sotib olishga uringan. BlueCo direktorlar kengashining birgalikdagi ishi tufayli yana chalkashlik yuzaga keldi.
Diogu Koshta borasidagi mish-mishlarda hech qanday haqiqat yo'q. Uchinchi darvozabon esa Slonina yoki Sharman-Lou bo'ladi, ko'rinishidan tajribali posbon sotib olishni istashmadi.
Hujumchilar orasida ketish ehtimoli eng yuqori bo'lgan futbolchi - Delap. Chelsi uni bir yil avval Ipsvich'dan 30 million funtga sotib olganidan ko'ra qimmatroqqa sotmoqchi. Jeksonning narxi 65 million funt, Giyu uchun esa 25 million funt belgilangan.
Yorgensen Strasbur'ga, katta ehtimol bilan, faqat ijaraga o'tadi. Ammo hozircha bu variant faqat ko'rib chiqilmoqda.
Badyashilga Angliya va Yevropa klublari qiziqish bildirmoqda. Uning narxi 30 million funt. Disasi 25 million funtga baholanmoqda, ammo The Athletic nashri P'elas'ning unga qiziqishi haqida ma'lumot bermadi.