Liam Rosenior: "Eng muhimi sxema emas, o'yin g'oyalari"
Paris FC bosh murabbiyi Liam Rosenior jamoaning o'yin falsafasi va taktik yondashuvi haqida gapirdi.
Liam Rosenior:
Eng muhimi sxema emas, balki biz joriy etmoqchi bo'lgan o'yin g'oyalari. Tizimdan qat'i nazar, eng asosiysi — biz amalga oshirmoqchi bo'lgan o'yin g'oyalarini hayotga tatbiq etish!
"Strasburg" va "Chelsi"da nima qilganimiz muhim emas. G'oyalar o'sha-o'sha qoladi, lekin tizimlar turlicha bo'ladi. Eng muhimi — bu futbolchilar va ularning moslashish qobiliyati.
Biz o'yinning maksimal darajadagi jihatlarida ustunlik qilishni, to'pga egalik qilgan holda raqibni bosim ostida ushlashni, o'tish fazalarida agressiv harakat qilishni istaymiz. Biz bularning barchasini o'yinchilarni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishni unutmagan holda, ularning o'sishiga yordam berib, o'z o'yin g'oyalarimizni tatbiq etish orqali amalga oshirmoqchimiz.