Oskar Perea "Amerika"ga o'tmoqda
20 yoshli vinger Oskar Perea "Strasbur"dan Meksikaning "Amerika" klubiga ijara asosida o'tmoqda.
Siril Oliv-Bert xabariga ko'ra, 20 yoshli vinger Oskar Perea "Strasbur"dan Meksikaning "Amerika" klubiga ijara asosida o'tadi. Bitim sotib olish huquqini ham o'z ichiga oladi.
Portugaliyaning "Avesh" klubidagi muvaffaqiyatsiz ijaradan so'ng, kolumbiyalik futbolchi klub rejalariga kirmay qoldi. U Abakar Silla, Saidu Sou va Junior Mvanga qatori "Strasbur" tarkibidan chiqarib yuborilishi kutilayotgan o'yinchilar ro'yxatida.