Direct Racing xabariga ko'ra, Valentin Barko «Strasbur» tarixidagi eng qimmat sotuvga aylanadi. Avvalroq xabar qilinganidek, bitim summasi taxminan 40 million yevroni tashkil etadi — endi bu ma'lumot tasdig'ini topdi.
Direct Racing xabariga ko'ra, Xoakin Panichelli tizza paylari uzilishi jarohatidan so'ng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Reabilitatsiya rejaga muvofiq ketmoqda va uch haftadan so'ng hujumchi yugurish mashqlari hamda to'p bilan ishlashni boshlashi mumkin. Uning maydonga qaytishi yil oxiriga yaqin, taxminan sentyabr va noyabr oylari oralig'ida kutilmoqda.
Direct Racing xabariga ko'ra, Diyego Moreyra bo'yicha «Roma» bilan muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi. «Strasbur» o'z moliyaviy talablarini pasaytirmoayapti, rimliklar esa allaqachon muqobil variantlarni ko'rib chiqishni boshlashdi. Shunga qaramay, belgiyalik futbolchiga qiziqish saqlanib qolmoqda, jumladan, Dortmundning «Borussiya» klubi ham uni kuzatmoqda.
Direct Racing xabariga ko'ra, Rayan Messi katta ehtimol bilan yana ijaraga beriladi. 19 yoshli vingerga «Standard Liege», «Mechelen» va «Luzern» klublari qiziqish bildirmoqda. Yakuniy qaror transfer oynasi yopilgunga qadar qabul qilinishi kutilmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!