Fabrisio Romano «Liverpul» Bredli Barkolya uchun eng asosiy da'vogar ekanligini va bu voqealar rivoji hali davom etishini ta'kidladi.
🛑 Fabrisio Romano o'z kanalidagi videoda quyidagilarni aytdi:
«Men bugun, kecha, bir, ikki va uch oy oldin aytgan gaplarimni takrorlayman: Barkolya – «Liverpul»ning eng asosiy, eng asosiy, eng asosiy transfer maqsadi. «Liverpul»da Barkolya juda yuqori baholanadi. Bilaman, ko'pchilik mening ma'lumotlarimga shubha bilan qaradi, ehtimol, bu hamma joyda ham chiqavermagani uchundir. Ko'pchilik: «Bu imkonsiz, bu sodir bo'lmaydi», deb aytgandi. Moliyaviy nuqtai nazardan transfer amalga oshishi mumkinmi, bilmayman. Ammo «Liverpul» hamon Bredli Barkolya bilan jiddiy qiziqayotganini aniq ayta olaman».
🛑 U to'g'ridan-to'g'ri efirda qo'shimcha qildi:
«Barkolya daxlsiz emas. Ko'pchilik «Arsenal» haqida so'ramoqda, ammo gap ular haqida ketmayapti – «Liverpul» Barkolya transferi ustida faol ishlamoqda va unga nisbatan jiddiy qiziqishni saqlab qolmoqda. Faqat kutish kerak».
🛑 Romano ijtimoiy tarmoqdagi izohlarda muxlisga javob qaytararkan, shunday dedi:
«Men sizlarga Slot ketishini aytganimda, hamma u qoladi deb da'vo qilgandi. Munyos bo'yicha kelishuv yakunlangani haqida hech qanday mish-mishlar yo'qligida xabar bergandim. Endi esa sizlarga kutishni maslahat beraman, chunki Barkolya – «Liverpul»ning real transfer maqsadi, ammo transfer uchun pulni men to'lamayman va tomonlar o'rtasida muzokara olib bormayman. Shunga qaramay, «Liverpul» uni haqiqatan ham o'z safiga qo'shib olishni istaydi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!