Xavi Migel (🌖): Dushanba kuni Frenki de Yong mashg'ulotlar bazasiga yetib kelganida, hech kim, hatto eng pessimist odam ham bunchalik xavotirli holatni kutmagandi. Yarim himoyachining tizzasida kuchli shish kuzatilgan.
Dastlab Frenki Xansi Flik bilan uchrashib, muddatidan avval qaytish sabablarini tushuntirdi. Shundan so'ng shifokorlar birlamchi ko'rik o'tkazishdi va tizza holati mutlaqo beqaror ekanligini, ehtimol, pay shikastlangan bo'lishi mumkinligini aniqlashdi. Biroq,
ichki qon quyilish tufayli MRT tekshiruvini o'tkazib bo'lmayapti, shu bois tekshiruvlar uchun bir necha kun kutish kerak.
Klubdagilar Niderlandiya terma jamoasi rahbariyati tomonidan aldangandek his qilishmoqda. Ular o'yinchiga ukol qilinganini bilishgan, biroq vaziyat bunchalik jiddiy deb o'ylashmagan. Klubdagilar Frenki Marokashga qarshi jarohat bilan o'ynaganidan shubhalanishmoqda va o'yin qo'shimcha bo'limlarga qadar davom etgani sababli, muammo yanada jiddiylashgan.
«Barsa»da Kuman, terma jamoa shifokorlari va Frenkining o'zi mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydigan tavakkalchilikka qo'l urishgan deb hisoblashadi, chunki o'yinchining sog'lig'i hamma narsadan ustun turishi kerak. «Kuman va Frenki bu ulkan muammoni qanday izohlashlarini ko'ramiz», — deya bayonot berishmoqda «Barselona»da.
Frenkiga jarrohlik aralashuvi talab etilishi mumkin. Agar bu tasdiqlansa, gap 4-6 oylik tanaffus haqida ketadi.