#Twente — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Ruud Nistad o'z orzusidagi klub haqida gapirdi
Eredivisie ↗ Matbuot

Ruud Nistad o'z orzusidagi klub haqida gapirdi

Niderlandiyalik futbolchi Ruud Nistad o'zining kelajakdagi rejalari va orzusidagi klub haqida gapirib o'tdi.

Ruud Nistad:

Maqsadim - eng yuqori darajaga chiqish. Barselona - mening orzuyimdagi klub. Niderlandiya terma jamoasi ham shunday. Qachon o'zimni u yerda ko'raman? Bir yildan keyin yoki besh yildan keyin - shunga o'xshash vaqtda.
Jon van den Brom: «Mes Xilgersning «Tvente»ga qaytishini kutmayapman»

Jon van den Brom: «Mes Xilgersning «Tvente»ga qaytishini kutmayapman»

Jon van den Brom Mes Xilgersning «Tvente»dagi kelajagi haqida gapirdi. Murabbiy himoyachining jamoaga qaytishini kutmayapti.

Jon van den Brom Mes Xilgersning «Tvente»dagi kelajagi haqida o'z fikrlarini bildirdi. Ma'muriy xatolik tufayli himoyachi klub bilan yana bir mavsumga mo'ljallangan shartnomaga ega bo'lsa-da, u mavsumoldi tayyorgarlik jarayonlarida umuman ko'rinish bermayapti.

«Bu haqda ko'p narsa deya olmayman, chunki uni anchadan beri ko'rmadim. Faqat shuni bilamanki, uning klub bilan shartnomasi hali ham kuchda... Ammo u mashg'ulotlarga kelmayapti. Uning uchun ortga yo'l bormi? Yo'q, menimcha unday emas. Lekin bu menga bog'liq holat emas. Hozirgi vaziyat rivojlanishiga qarab, uning qaytishini kutmayapman», — dedi murabbiy.

O'ng ustun yangiliklari