Frenki de Yongning jarohati kutilganidan ham jiddiyroq bo'lishi mumkin
Barca Family News ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 19

Frenki de Yongning jarohati kutilganidan ham jiddiyroq bo'lishi mumkin

Xavi Migel xabariga ko'ra, Frenki de Yongning jarohati bo'yicha klub ichkarisi va tashqarisidan kelayotgan xabarlar ancha pessimistik tus olgan. Bu uning kutilganidan ham uzoqroq muddatga safdan chiqishi mumkinligini anglatadi (avvalroq 4 oylik tanaffus haqida so'z borgandi).

Futbolchining 20-iyulga belgilangan kunga qaramay, hali ham mashg'ulotlar bazasiga yetib kelmagani va rasmiy bayonotning kechikayotgani jarohat jiddiyligidan dalolat beradi.

Bayonotning kechikishiga gollandiyalik futbolchini operatsiya qiladigan mutaxassis qidirilayotgani sabab bo'lishi mumkin. Hozirgi kunda operatsiya yagona yechim bo'lib ko'rinmoqda.

Frenkining jarohati borasidagi salbiy prognozlarning yana bir belgisi shundaki, Xans-Diter Flik o'z murabbiylar shtabi bilan o'tkazgan barcha yig'ilishlarda Frenkining nomi yaqin oylar uchun tuzilgan rejalarda umuman tilga olinmagan.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!