Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Mutaxassis o'zining ilk intervyusida mas'uliyat va oilasiga bo'lgan munosabat haqida gapirdi.
Yurgen Klopp rasman Germaniya terma jamoasining bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Uning murabbiylar shtabidan eski tanishlari Peter Kravits va Pep Leynders, shuningdek, Sven Bender o'rin olishdi.
Ayni damda Yurgen futbol federatsiyasi vakillari bilan birgalikda taqdimot marosimida ilk intervyusini bermoqda. U har doimgidek, ta'sirli so'zlarni gapirdi:
Bugun shu yerda o'tirish men uchun katta sharaf. So'nggi bir necha kun ichida boshimdan o'tgan voqealar xuddi xayolimda aylanayotgan filmdek. Milliy terma jamoa murabbiyi ishi qanchalik katta ekanligi haqida oldindan tasavvurga ega edim. Ammo bunga bevosita aloqador bo'lganingda, uning ko'lami va mas'uliyatini yanada kuchliroq his qilar ekansan. Qayerdan kelganimni bilgan holda, bir kun kelib shu darajaga yetishimni tasavvur ham qila olmasdim. Bu men uchun juda o'zgacha kun. Buni amalga oshirishga hissa qo'shgan barchaga minnatdorchilik bildiraman.
Sizlar meni o'z saflaringizda ko'rishni xohlamagan kuniyoq, hech qanday kompensatsiyasiz ketaman.
Men bu ishni o'zim uchun qilmayapman. Men buni sizlar uchun qilyapman. Yulian Nagelsmann bilan qanday munosabatda bo'lganlaringizni ko'ra turib, bu ishni qabul qildim. Tomas Tuxel bilan qanday yo'l tutganlaringizni ko'ra turib, buni qabul qilyapman. Agar oilamga tegishadigan bo'lsangiz, ketaman. Agar meni keraksiz deb hisoblasangiz, buni yuzimga ayting, hech qanday tovon talab qilmasdan darhol ketaman.
Agar oilamga aralashsangiz, men bu yerda bo'lmayman. Agar biror narsa ish bermayotgan bo'lsa, meni tanqid qiling. Buni bajonidil qabul qilaman. Ish – eng muhimi. Yurgen Kloppning terma jamoadan keyingi faoliyati yo'q. Bu faoliyatimning cho'qqisi bo'lsa, ayni muddao bo'lardi.
Omad, afsona! ❤️