Vim Kift: "Ayaks" Shon Storni sotib yuborishga majbur bo'ldi"
Vim Kift "Ayaks"ning Shon Storni transfer qilishi va klubdagi moliyaviy ahvol haqida tanqidiy fikr bildirdi.
Vim Kift "Ayaks"ning Shon Storni transfer qilishi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
"Uni katta pul evaziga sotishmoqda, vaholanki u hali deyarli hech narsa ko'rsatgani yo'q. O'ylashimcha, "Ayaks"ga shunchaki zudlik bilan pul kerak, klub g'aznasi bo'm-bo'sh. Ammo shu bilan birga, ular iqtidorli futbolchilarni qo'yib yuborishmoqda, aslida sotilishi kerak bo'lgan o'yinchilar esa hamon jamoada qolmoqda."