Barchasi Transfer Matbuot Umumiy ↔ Bog'langan

Netherlands — yangiliklari Umumiy

Netherlands va bog'liq yangiliklar

Groningen klubi transfer firibgarlari qurboniga aylandi

Groningen klubi transfer firibgarlari qurboniga aylandi

Groningen klubi va texnik direktor Mo Allah transfer firibgarlari qurboni bo'lishdi. Firibgarlar klub nomidan agentlar bilan bog'lanib, soxta takliflar yuborishgan.

RTV Noord xabariga ko'ra, Niderlandiyaning Groningen klubi va jamoa texnik direktori Mo Allah transfer firibgarligi qurboni bo'lishdi.

Firibgarlar klub vakillari nomidan ish ko'rib, futbolchilarning agentlari bilan telefon va elektron pochta orqali bog'lanishgan. Vaziyat shu darajaga yetganki, angliyalik futbolchilardan biri Groningen klubiga o'tayotganiga ishonib, Sxipxol aeroportiga yetib kelgan.

Mo Allah:
Ular agent bilan bog'lanib, shartnoma taklifini yuborishadi. Ammo unda xatolar ko'p. Masalan, summalarni sof ko'rinishda ko'rsatishadi, vaxolanki, futbolda biz har doim umumiy summalar bilan ishlaymiz.
Angliyalik futbolchi allaqachon Sxipxolda Groningen tomon transportni kutayotgan edi. U bizga o'tayotganiga amin bo'lgan. Ammo klubdan hech kim uni kutib olishga kelmagach, ular nimadir noto'g'ri ketganini tushunishgan.
Frenki de Yong o‘ng tizzasidagi og‘riq bilan jahon chempionatini yakunladi

Frenki de Yong o‘ng tizzasidagi og‘riq bilan jahon chempionatini yakunladi

U noqulaylik his qilmoqda, biroq «Barselona»da jiddiy xavotir bildirishmayapti.

 

🔖 Sport: Frenki de Yong o‘ng tizzasidagi og‘riq bilan jahon chempionatini yakunladi.

U noqulaylik his qilmoqda, biroq «Barselona»da jiddiy xavotir bildirishmayapti.

Jarohat jiddiy deb hisoblanmayapti. Yarim himoyachi uch haftalik ta’tildan so‘ng mavsumoldi tayyorgarlik mashg‘ulotlariga hech qanday asoratsiz kirisha olishi kutilmoqda.

 

Bog'liq yangiliklar

Dik Sxreder Eredivizi mavsumining eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Dik Sxreder Eredivizi mavsumining eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Dik Sxreder 2025/26-yilgi Eredivizi mavsumining eng yaxshi murabbiyi deb topildi va Rinus Mixels nomidagi mukofot sohibiga aylandi.

🌟 Dik Sxreder 2025/26-yilgi Eredivizi mavsumining eng yaxshi murabbiyi deb topildi va Rinus Mixels nomidagi mukofot sohibiga aylandi.

NEK bosh murabbiyi tarixiy mavsumdan so'ng, Peter Bosh va Entoni Korreyani ortda qoldirdi. U boshqarayotgan Neymegen klubi chempionatda uchinchi o'rinni egallab, Chempionlar ligasi saralash bosqichiga yo'llanma oldi.

Almere Siti - Balogun atrofidagi mojaro fonida o‘zini eslatib qo‘ydi

Almere Siti - Balogun atrofidagi mojaro fonida o‘zini eslatib qo‘ydi

«Almere Siti» Balogun atrofidagi mojaro fonida o‘zini eslatib qo‘ydi. Klub X tarmog‘ida «Oq uydan bo‘lgan qo‘ng‘iroq»dan keyin KNVB baribir «Almere»ni Erediviziyaga ko‘tarishi haqida hazillashmoqda.

 

😁 «Almere Siti» Balogun atrofidagi mojaro fonida o‘zini eslatib qo‘ydi. Klub X tarmog‘ida «Oq uydan bo‘lgan qo‘ng‘iroq»dan keyin KNVB baribir «Almere»ni Erediviziyaga ko‘tarishi haqida hazillashmoqda.

Bu Donald Trampning jahon chempionatiga ehtimoliy aralashuviga ishora bo‘lib, uning sharofati bilan Folarin Balogun diskvalifikatsiyaga qaramay, baribir Belgiyaga qarshi o‘yinda maydonga tusha olgan edi.