Ayaks Toni Fruk transferi ustida ishlamoqda
Amsterdamning Ayaks klubi Riyeka yarim himoyachisi Toni Frukni transfer qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Ayaks hali transfer bozoridagi ishlarini yakunlagani yo'q.
Azzedin Unahidan tashqari, Amsterdam klubi Riyeka yarim himoyachisi Toni Frukni ham ko'rib chiqmoqda. 25 yoshli xorvatiyalik futbolchiga qiziqish o'tgan yili ham bo'lgan, ammo o'shanda Ayaks Oskar Gluxni tanlagandi.
O'tgan mavsumda Fruk 50 ta o'yinda 19 ta gol urdi. Shartnomasi yakunlanayotgani sababli, Ayaks uni nisbatan arzon narxda sotib olishi mumkin.