RTV Noord xabariga ko'ra, Niderlandiyaning Groningen klubi va jamoa texnik direktori Mo Allah transfer firibgarligi qurboni bo'lishdi.
Firibgarlar klub vakillari nomidan ish ko'rib, futbolchilarning agentlari bilan telefon va elektron pochta orqali bog'lanishgan. Vaziyat shu darajaga yetganki, angliyalik futbolchilardan biri Groningen klubiga o'tayotganiga ishonib, Sxipxol aeroportiga yetib kelgan.
Mo Allah:
Ular agent bilan bog'lanib, shartnoma taklifini yuborishadi. Ammo unda xatolar ko'p. Masalan, summalarni sof ko'rinishda ko'rsatishadi, vaxolanki, futbolda biz har doim umumiy summalar bilan ishlaymiz.
Angliyalik futbolchi allaqachon Sxipxolda Groningen tomon transportni kutayotgan edi. U bizga o'tayotganiga amin bo'lgan. Ammo klubdan hech kim uni kutib olishga kelmagach, ular nimadir noto'g'ri ketganini tushunishgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!