TEAMtalk nashri jurnalisti Grem Beyli xabariga ko'ra, Karl Rushworth "Lids"ga taklif qilingan.
25 yoshli darvozabon "Brayton"ga tegishli, ammo o'tgan mavsumni ijara asosida "Koventri" safida o'tkazdi. U "moviylar" tarkibida 46 ta o'yinda maydonga tushib, 45 ta gol o'tkazib yubordi va 17 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi hamda klubning APLga chiqishiga hissa qo'shdi.
"Brayton" rahbariyati Rushworthni sotuvga qo'ymoqchi, chunki futbolchining shartnomasi bir yildan so'ng yakuniga yetadi. "Koventri" darvozabonni Frenk Lempard jamoasiga qaytarmoqchi. Biroq futbolchining vositachilari allaqachon "Lids" va "Nyukasl" bilan bog'lanib, ularga o'z xizmatlarini taklif qilishgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!