Frankulino Ju xizmatiga APL klublari qiziqish bildirmoqda
TEAMtalk xabariga ko'ra, "Lids" "Midtyulland" hujumchisi Frankulino Ju bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor bo'lgan klublar qatorida turibdi.
TEAMtalk xabariga ko'ra, "Lids" "Midtyulland" hujumchisi Frankulino Ju bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor bo'lgan klublar qatorida turibdi.
22 yoshli markaziy hujumchi o'tgan mavsumda Daniya klubi safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Nashr ma'lumotiga ko'ra, "Midtyulland" allaqachon Saudiya Arabistoni klublaridan birining bisau-gvineyalik futbolchi uchun qilgan 21,5 million funt sterlinglik taklifini rad etgan. Daniyaliklar futbolchi uchun bundan kattaroq mablag' ishlab olishni maqsad qilgan.
Hujumchini qishki transfer oynasida o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini "Lids", "Nyukasl", "Fulxem", "Brentford" va "Everton" klublari ko'rib chiqmoqda.