Brentford Franculino uchun kurashga qo'shildi
«Brentford» «Midtyulland» hujumchisi Franculinoni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Daniya klubi futbolchi uchun 25 mln yevrolik taklifni rad etdi.
TEAMtalk xabariga ko'ra, «Brentford» klubi Franculinoga qiziqish bildirayotgan jamoalar qatorida.
📌 «Midtyulland» 21 yoshli futbolchi uchun qilingan 25 million yevrolik taklifni rad etdi va faqat rekord darajadagi summa evaziga uni qo'yib yuborishga tayyor.