#Joan Laporta — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Joan Laporta: "Barselona" – eng yaxshi klub"

Joan Laporta: "Barselona" – eng yaxshi klub"

Joan Laporta "Barselona" futbolchilari bilan faxrlanishini va "Kamp Nou"da JCh finalini o'tkazishni orzu qilishini aytdi.

🎙 Laporta:

Biz finalda sakkiz nafar futbolchimiz borligidan juda faxrlanamiz. Bu ular uchun juda muhim va klub prezidenti sifatida menda shunday iqtidorli o'yinchilar borligidan qoniqish va minnatdorlik hissi bor.
Terma jamoalar darajasida bu ko'rish mumkin bo'lgan eng yaxshi o'yin, ikki xil uslub to'qnashuvi va hakam o'z xarakterini ko'rsatishi kerak bo'ladi.
Argentina ancha shiddatli, Ispaniya terma jamoasi esa jamoaviyroq va "Barselona" uslubiga yaqinroq o'yin namoyish etadi.
"Barselona" – eng yaxshisi va buni hamma tan oladi. Mening orzuim – Jahon chempionati finalini "Kamp Nou"da o'tkazish.

O'ng ustun yangiliklari

Joan Laporta sog'ligidagi muammolar sabab Angliyaga bormaydi

Joan Laporta sog'ligidagi muammolar sabab Angliyaga bormaydi

Joan Laporta sog'ligidagi muammolar sabab "Barselona"ning Angliyadagi yig'iniga bormaydi. Klub vakili sifatida Rafa Yuste qatnashadi.

🚨 Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Joan Laporta aritmiya xurujidan so'ng "Barselona"ning Angliyadagi mavsumoldi yig'iniga bormaydi.

Muammo muvaffaqiyatli bartaraf etilgan, biroq "Barsa" prezidentiga dam olish buyurilgan va shifokorlar unga yaqin kunlarda parvoz qilishdan saqlanishni tavsiya qilishgan. Klubni St George’s Park'da Rafa Yuste taqdim etadi.

Joan Laporta yurak muammosidan xalos bo'ldi

Joan Laporta yurak muammosidan xalos bo'ldi

«Barselona» prezidenti Joan Laporta yurak aritmiyasi bo'yicha muvaffaqiyatli operatsiyani boshdan kechirdi va o'zini yaxshi his qilmoqda.

Joan Laporta: Hammasi a'lo darajada o'tdi! Menda aritmiyani bartaraf etishdi! Yuragim yana ritmik urmoqda!

«Hospital de Barcelona» shifokorlari, hamshiralari va barcha tibbiyot xodimlariga, xususan, doktor Jordi Morilyasga katta rahmat. Ular ajoyib ish bajarishdi. Ularning professionalligi va chuqur bilimlaridan tashqari, insoniy yondashuvi, mehribonligi, tushunishi, sabri va g'amxo'rligi tibbiyot ruhiga va Gippokrat qasamyodiga mos keladi. Bu Barselona va Kataloniyada biz ham yuqori sifatli ish bajarayotganimizning yana bir isboti. Ayniqsa, «Barsa» tibbiyot xizmati rahbari doktor Ksavye Korbelya hamda barcha ishlarni samarali muvofiqlashtirgan shtab boshlig'im Manana Giorgadzedan faxrlanaman.

Shuningdek, doktor Valenti Fuster va uning «Maunt-Sinay»dagi jamoasiga menga xotirjamlik bag'ishlagan maslahatlari uchun, hamda aritmiyani bartaraf etish uchun zarur bo'lgan muolajani tavsiya qilgan doktor Brugadaga minnatdorchilik bildiraman.

Nihoyat, barcha farzandlarim, aka-ukalarim, opa-singillarim, yaqinlarim va do'stlarimga qo'llab-quvvatlaganlari uchun tashakkur aytaman. Hammangizga katta rahmat — bu ibora hech qachon bunchalik o'rinli bo'lmagan — chin qalbimdan rahmat aytaman. 💙❤️