Pini Zaxavi: Levandovski «Barselona» uchun 200 million yevrodan voz kechdi
Robert Levandovskining agenti Pini Zaxavi futbolchining „Barselona“ga bo'lgan sadoqati va Saudiya Arabistonidan tushgan yirik taklif haqida gapirdi.
💭 Pini Zaxavi:
Laporta menga shunday dedi: „Robertga aytib qo'y, biz uni yaxshi ko'ramiz. U bizning tariximiz bir qismi. U „Barsa“ni qutqarib qolgan inson“.
Aynan shu sababli, agar bir kun kelib Robert „Barselona“da ishlashni istasa, klubda unga doim joy topilishiga ishonchim komil.
2026-yilning yanvar oyida Robert Levandovski Saudiya Arabistonidan taklif oldi: mavsumiga 100 million yevro maosh bilan ikki yillik shartnoma.
U 200 million yevrodan voz kechdi, chunki „Barsa“ safida o'ynashda davom etishni xohladi.