Barselona direktorlar kengashi yig'ilishi yakunlari
Barca Family News ↗ ●●●●● Umumiy 👁 8

Barselona direktorlar kengashi yig'ilishi yakunlari

Barselona direktorlar kengashi Rafael Yuste raisligida yig'ilish o'tkazdi. Joan Laporta yig'ilishda ishtirok eta olmadi va buning uchun uzr so'radi.

Yig'ilish davomida odatda oktyabr oyida o'tkaziladigan delegatlar umumiy yig'ilishini sentyabr oyiga ko'chirish va uni navbatdan tashqari yig'ilish bilan birlashtirish masalasi ko'rib chiqildi. Klub 2025/26-yilgi mavsum hisobotlari va 2026/27-yilgi mavsum byudjetini tayyorlash jarayonini tezlashtirmoqda. Bu tashkiliy va moliyaviy resurslarni tejash hamda delegatlar uchun qulaylik yaratishga xizmat qiladi.

Direktorlar kengashi mavsum yakunlari bo'yicha dastlabki moliyaviy baholarni qabul qildi. Hozirda hisobotlar auditor tomonidan tekshirilmoqda. Yakuniy qaror yaqin vaqt ichida qabul qilinadi.

✅ Sport yo'nalishi bo'yicha quyidagi masalalar muhokama qilindi:

Direktorlar kengashi erkaklar birinchi jamoasining 15-avgust kuni Tanjerda (Marokash) mahalliy jamoaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishiga tayyorgarlikni yakunlamoqda.
Bundan tashqari, ayollar jamoasining 15-avgust kuni Manchester Siti stadionida ingliz jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazish imkoniyati muhokama qilindi.

Shuningdek, ayollar jamoasiga yangi o'yinchi kelishi kutilmoqda, transfer rasmiylashgach, bu haqda e'lon qilinadi. Direktorlar kengashi Barsa Atletik tuzilmasini birinchi jamoa bilan birlashtirish loyihasini tasdiqladi. Shuningdek, Kamp Nou stadionidagi qurilish ishlari haqida hisobot tinglandi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!