Joan Laporta sog'ligidagi muammolar sabab "Barselona"ning Angliyadagi yig'iniga bormaydi. Klub vakili sifatida Rafa Yuste qatnashadi.
🚨 Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Joan Laporta aritmiya xurujidan so'ng "Barselona"ning Angliyadagi mavsumoldi yig'iniga bormaydi.
Muammo muvaffaqiyatli bartaraf etilgan, biroq "Barsa" prezidentiga dam olish buyurilgan va shifokorlar unga yaqin kunlarda parvoz qilishdan saqlanishni tavsiya qilishgan. Klubni St George’s Park'da Rafa Yuste taqdim etadi.
Barselona Angliyadagi yig'inga tayyorgarlik ko'rmoqda. Delegatsiyaga Rafa Yuste boshchilik qiladi, Laporta va boshqa rahbarlar juma kuni qo'shilishadi.
Joan Pochi xabariga ko'ra, Rafa Yuste Angliyaga yo'l oladigan Barselona delegatsiyasiga boshchilik qiladi.
Deku jamoaga chorshanba kuni qo'shiladi. Ammo Boyan Krkich va Alexandro Echevarriya jamoa bilan birga Angliyaga jo'nab ketishadi.
Laporta va boshqa rahbarlar jamoaga juma kuni qo'shilishadi, bu esa Birmingem Siti jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini bilan bir vaqtga to'g'ri keladi. Seshanba kuni boshqaruv kengashi yig'ilishi bo'lib o'tadi, unda Kamp Nou uchun kreditni oshirish taklifi bo'yicha klub a'zolarining navbatdan tashqari yig'ilishi sanasi belgilanishi mumkin.
Angliyadagi ob-havo Barselonadagiga qaraganda salqinroq bo'lib, bu mashg'ulotlar uchun ideal sharoit yaratadi. Bugun harorat 25 darajagacha bo'lishi kutilmoqda.
Barselona direktorlar kengashi yig'ilish o'tkazdi: sentyabr oyidagi umumiy yig'ilish, o'rtoqlik o'yinlari va Barsa Atletik tuzilmasidagi o'zgarishlar muhokama qilindi.
Barselona direktorlar kengashi Rafael Yuste raisligida yig'ilish o'tkazdi. Joan Laporta yig'ilishda ishtirok eta olmadi va buning uchun uzr so'radi.
Yig'ilish davomida odatda oktyabr oyida o'tkaziladigan delegatlar umumiy yig'ilishini sentyabr oyiga ko'chirish va uni navbatdan tashqari yig'ilish bilan birlashtirish masalasi ko'rib chiqildi. Klub 2025/26-yilgi mavsum hisobotlari va 2026/27-yilgi mavsum byudjetini tayyorlash jarayonini tezlashtirmoqda. Bu tashkiliy va moliyaviy resurslarni tejash hamda delegatlar uchun qulaylik yaratishga xizmat qiladi.
Direktorlar kengashi mavsum yakunlari bo'yicha dastlabki moliyaviy baholarni qabul qildi. Hozirda hisobotlar auditor tomonidan tekshirilmoqda. Yakuniy qaror yaqin vaqt ichida qabul qilinadi.
✅ Sport yo'nalishi bo'yicha quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Direktorlar kengashi erkaklar birinchi jamoasining 15-avgust kuni Tanjerda (Marokash) mahalliy jamoaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishiga tayyorgarlikni yakunlamoqda.
Bundan tashqari, ayollar jamoasining 15-avgust kuni Manchester Siti stadionida ingliz jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazish imkoniyati muhokama qilindi.
Shuningdek, ayollar jamoasiga yangi o'yinchi kelishi kutilmoqda, transfer rasmiylashgach, bu haqda e'lon qilinadi. Direktorlar kengashi Barsa Atletik tuzilmasini birinchi jamoa bilan birlashtirish loyihasini tasdiqladi. Shuningdek, Kamp Nou stadionidagi qurilish ishlari haqida hisobot tinglandi.