❓Sevimli futbolchilaringiz kimlar?
🗣 Jessi Bisivu: «Mening sevimli futbolchim — Neymar. Aytishim mumkinki, u juda yoshligimdan beri sevimli o'yinchim bo'lib kelgan va men aynan undan o'rnak olaman».
❓Demak, o'zingizni Neymar bilan taqqoslaysizmi?
🗣 Jessi Bisivu: «Yo'q, bunday demagan bo'lardim. Lekin u mening sevimli futbolchim. Men undan o'rnak olaman».
❓Nega aynan u?
🗣 Jessi Bisivu: «O'yin uslubi tufayli. Menga uning futbol o'ynashni, to'p bilan muomalada bo'lishni yaxshi ko'rishi juda yoqadi. Futbol o'ynashni boshlashimga ham aynan shu narsa sabab bo'lgan».
❓«Barselona»dagi hozirgi futbolchilardan kim sizga ko'proq yoqadi?
🗣 Jessi Bisivu: «O'z pozitsiyamdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, menga Rafinya yoqadi. U juda yaxshi futbolchi va men undan ham o'rnak olaman».
❓Rafa bilan gaplashib oldingizmi?
🗣 Jessi Bisivu: «Ha, bir necha bor».
❓Demak, barcha braziliyaliklar sizga yoqadi?
🗣 Jessi Bisivu: «Ha, men Braziliya uslubini juda yaxshi ko'raman. U juda ajoyib. Ha».
❓Lamin Yamal haqida nimalar deya olasiz?
🗣 Jessi Bisivu: «Lamin, shubhasiz, juda o'ziga xos futbolchi deb aytgan bo'lardim. O'ylaymanki, barchamiz uning mahoratini bilamiz, u juda kuchli o'yinchi».
❓«Barselona» loyihasi sizga nima uchun yoqadi, axir bu yerda yoshlarga katta ishonch bildiriladi?
🗣 Jessi Bisivu: «O'zingiz bilasizki, «Barselona» yosh futbolchilar bilan ishlashni yoqtiradi. Men esa bu yerga «Barselona» bilan birga ishlash va bor kuchimni berish uchun kelgan navbatdagi futbolchi bo'lishga intilayapman, xolos».