Kamp Nou stadionidagi ta'mirlash ishlarida 54 yoshli ishchi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. 🏟
Soat 15:30 atrofida politsiya bo'limiga ushbu hodisa haqida xabar kelib tushgan. Dastlabki tergov ma'lumotlariga ko'ra, erkak ish jarayonida bosh qismidan kuchli zarba olgan.
Voqea joyiga politsiya patrullari, tergov guruhi va tez yordam mashinalari yetib kelgan. Biroq, shifokorlar ishchining hayotini saqlab qola olishmadi.
Politsiya ushbu hodisa yuzasidan navbatchi tergov sudi va Tadbirkorlik hamda mehnat departamentini xabardor qildi.
Bu 2023-yil 1-iyun kuni boshlangan ta'mirlash ishlaridan buyon Kamp Nou stadionida qayd etilgan o'lim bilan bog'liq ilk baxtsiz hodisadir.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!