Roma Abde Ezzalzuli uchun muzokaralarni boshladi
«Roma» «Real Betis» vingeri Abde Ezzalzuli uchun muzokaralarni boshladi. Rimliklar futbolchi uchun 60 million yevro to'lashga tayyor.
Ispaniyadan kelayotgan yangi xabarlarga ko'ra, «Roma» «Real Betis» vingeri Abde Ezzalzuli bilan jiddiy qiziqmoqda.
Sport.es nashri ma'lumotiga ko'ra, rimliklar 24 yoshli marokashlik futbolchini yozgi transfer oynasidagi asosiy nishonlardan biri sifatida ko'rib, «Real Betis» bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan.
Sport.es xabariga ko'ra, «Roma» futbolchi uchun 55 million yevro va yana 5 million yevro bonus ko'rinishida taklif qilishga tayyor. Bu summa o'yinchining shartnomasida ko'rsatilgan 60 million yevrolik tovon puliga teng. Andalusiyaliklar agar taklif shu miqdorga yetsa va futbolchining o'zi rozi bo'lsa, uni qo'yib yuborishga tayyor.
Shuningdek, Sport.es qo'shimcha qilishicha, «Roma» «Leyptsig» bilan Antonio Nuse transferi bo'yicha muzokaralarda yuzaga kelgan qiyinchiliklar sabab e'tiborini aynan Abde nomzodiga qaratishga qaror qilgan.