«Roma» Antonio Nusa uchun taklif yuborishi mumkin
«Roma» Antonio Nusa transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Yakuniy qaror bugun qabul qilinishi kutilmoqda.
Ilromanista.it xabariga ko'ra, Antonio Nusa o'zining sifatlari va salohiyati tufayli Gasperini uchun eng kerakli o'yinchilardan biri bo'lib qolmoqda.
«Roma» ham klub, ham norvegiyalik futbolchining vakillari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Bitimning yakuniy qismi bo'yicha qaror bugunoq qabul qilinishi mumkin.