Barchasi Transfer Matbuot Umumiy ↔ Bog'langan

Lokomotiv — yangiliklari

Lokomotiv va bog'liq yangiliklar

Lokomotiv uch nafar futbolchi bilan xayrlashdi

Lokomotiv uch nafar futbolchi bilan xayrlashdi

Lokomotiv jamoasi himoyachi Islombek Baratov, hujumchi Muhriddin Zoirov va yarim himoyachi Lazizbek Mirzayev bilan xayrlashdi.

Mavsumning ikkinchi qismi oldidan jamoamizda o'zgarishlar bo'ldi.

Himoyachi Islombek Baratov, hujumchi Muhriddin Zoirov va yarim himoyachi Lazizbek Mirzayev jamoamizni tark etishdi.

Ularning keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz!
Ahmadjon Anvarov «Lokomotiv» futbolchisiga aylandi

Ahmadjon Anvarov «Lokomotiv» futbolchisiga aylandi

Mavsumning birinchi qismini «Bunyodkor-Farm»da o'tkazgan 23 yoshli himoyachi Ahmadjon Anvarov «Lokomotiv» safiga kelib qo'shildi.

Mavsumning birinchi qismini «Bunyodkor-Farm»da o'tkazgan Ahmadjon Anvarov «Lokomotiv» tarkibiga qo'shildi.

23 yoshli himoyachiga «temiryo'lchilar» safida omad tilab qolamiz! 🚂 💪

Bog'liq yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: Futbolchilar robot emas
PFC BUKHARA ↗ Matbuot

Aleksandr Xomyakov: Futbolchilar robot emas

Buxoro bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘tgan uchrashuvdan so‘ng jamoaning jismoniy holati, tarkibdagi o‘zgarishlar va o‘yin uslubi haqida gapirdi.

Jamoamiz bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovning uchrashuv haqida fikrlari:

Kutganimizdek, o‘yin juda og‘ir kechdi. Ayniqsa, bahsning so‘nggi daqiqalari juda keskin o‘tdi. Bu oson o‘yin bo‘lmasligini avvaldan bilardik. Yigitlarga rahmat aytaman. Ular uzoq vaqtdan keyin o‘z maydonimizda o‘ynashdi va muxlislarimizni xursand qilishni istashdi. Birinchi bo‘limda, ayniqsa uning boshlanishi va o‘rtalarida rejalashtirgan ishlarimizning ko‘pi amalga oshdi, yaxshi imkoniyatlar yaratdik. Ammo ikkinchi bo‘limda, ayniqsa o‘yin oxirida, son jihatidan ustun bo‘lishimizga qaramay, kelishilgan rejadan chetga chiqib ketdik. Hujum qilish o‘rniga hisobni saqlab qolishga harakat qilib, past blokda himoyalanishga o‘tib oldik. Yaxshiyamki, hisobni saqlab qolishga erishdik. Eng muhimi, bugun uch ochkoni qo‘lga kiritganimizdan xursandman.

— Bugungi g‘alaba bilan tabriklaymiz. Raqib bir kishi kam bo‘lib qolganidan keyin nega qarshi hujumlar kamayib ketdi? Bu hisobni saqlab qolish uchun qilingan taktika edimi yoki futbolchilar berilgan vazifani bajara olishmadimi? Qarshi hujumlarda tezlik yetishmadi, ko‘p holatlarda to‘pni ushlab qolish bilan cheklanishdi.

Ikkinchi bo‘lim boshlarida raqib darvozasi oldida imkoniyatlarimiz bo‘lmadi, deb aytolmayman. Lekin 60-daqiqalardan keyin jismoniy jihatdan kuch yetishmay qoldi. Raqibning zaxiradan tushgan futbolchilari o‘yinga yaxshi kirishdi va himoyamizga katta bosim o‘tkazishdi. Bizda esa zaxiradan tushgan futbolchilar o‘yin ritmiga to‘liq moslasha olishmadi va jamoaga kutilgan darajada yordam bera olishmadi. Shuning uchun ham aytamanki, bu juda og‘ir o‘yin bo‘ldi, oxirgi daqiqalari esa haqiqiy asab sinoviga aylandi. Afsuski, ikkinchi bo‘limda asosan himoyalanishga majbur bo‘ldik. Ammo eng muhimi — natijani saqlab qoldik. Hozirgi vaziyatda uch ochko olganimizdan mamnunman. Balki ayrim vaziyatlarda mahorat yetishmadi, ayrim paytlarda esa sabr kamlik qildi. Lekin futbolchilarning fidoyiligi har doimgidek yuqori darajada bo‘ldi. Ular bor kuchini maydonda qoldirishdi.

— Filipovichni qachon maydonda ko‘rishimiz mumkin? Uning jarohati haqida ham ma’lumot bersangiz.

Filipovich tiklanish jarayonini deyarli yakunladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u to‘liq sog‘ayish arafasida va yaqin kunlarda jamoa mashg‘ulotlariga qaytadi. U tezroq safga qaytib, avvalgidek jamoaga yordam berishini umid qilyapmiz.

— Yaqinda Bashelaishvili jamoani tark etdi. Uning o‘rniga akademiyadan yana futbolchi jalb qilish imkoniyati bormi? Iqtidorli o‘yinchilar ko‘p, ammo hozircha faqat ikki nafar yosh futbolchiga imkoniyat berilmoqda. Buning sababi nimada?

Biz Bashelaishvili bilan shartnomani bekor qildik. Uning o‘rniga boshqa futbolchini jalb qilish masalasini hozircha ko‘rib chiqmayapmiz. Albatta, jamoani kuchaytirish uchun kamida yana bir-ikki nafar futbolchi kerakligini yaxshi tushunaman. Hozircha vaziyat shu.

— Jamoa nega 90 daqiqa davomida bir xil sur’atda o‘ynay olmayapti? Buning asosiy sababi nima, deb o‘ylaysiz?

O‘zi qaysi jamoa 90 daqiqa davomida bir xil tempda o‘ynay oladi? Buning iloji yo‘q. Biz kuchga asoslangan futbol o‘ynaymiz. Hozirgi iqlim va ob-havo sharoiti butun o‘yin davomida doimiy pressing va bosim o‘tkazish imkonini bermaydi. Qolaversa, «Lokomotiv»ga qarshi tinimsiz bosim bilan o‘ynash ham xavfli. Ular pressingdan yaxshi chiqib keta oladi va himoya ortida katta bo‘shliqlar qoldirishimizga sabab bo‘ladi. Bu esa katta tavakkalchilik. Faqat chiroyli futbol ko‘rsatish uchun ochilib o‘ynab, keyin o‘z darvozamiz oldida muammoga duch kelishning hech qanday ma’nosi yo‘q. Ayni paytda taqvim juda zich, ob-havo ham og‘ir. Futbolchilarni to‘liq tiklab olishga ulgurmayapmiz. Jarohatlar, charchoq — bularning hammasi to‘planib bormoqda. Amalda deyarli bir xil tarkib bilan o‘ynayapmiz. Futbolchilar robot emas, ular ham inson. Shuning uchun ulardan har doim bir xil darajadagi tempni talab qilish qiyin. Shu bois yana bir bor yigitlarga bugungi maydonda ko‘rsatgan fidoyiligi uchun minnatdorchilik bildiraman.
Ulug'bek Baqoyev: «Lokomotiv» bilan o'yinda xatolarga yo'l qo'ydik»

Ulug'bek Baqoyev: «Lokomotiv» bilan o'yinda xatolarga yo'l qo'ydik»

Superliga 14-turidan o'rin olgan «Lokomotiv» – «So'g'diyona» uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoyev matbuot anjumanida qatnashdi.

Superliga 14-turidan o'rin olgan «Lokomotiv» – «So'g'diyona» (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Gurgen Israyelyan O'zbekiston terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Gurgen Israyelyan O'zbekiston terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalarida 15 yildan ortiq ishlagan massajchi Gurgen Israyelyan terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.

O'n besh yildan ziyod vaqt mobaynida O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalarida faoliyat yuritib kelgan tajribali massajchi Gurgen Israyelyan terma jamoadagi faoliyatini tugatganini ma'lum qildi.

O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalarida ko'p yil mehnat qildim, turli murabbiylar bilan ishladim, bir nechta katta musobaqalarda ishtirok etdim. Buning uchun hammaga katta rahmat. Men uchun Jahon chempionatiga borish faoliyatimda katta voqea bo'ldi. Endilikda bor e'tiborimni "Lokomotiv"dagi ishimga, shuningdek sport reabilitatsiyasi bo'yicha jarohatdan tiklanayotgan sportchilarga ko'maklashishga qaratmoqchiman.
«Lokomotiv» Gamid Agalarovni transfer qilmoqchi emas

«Lokomotiv» Gamid Agalarovni transfer qilmoqchi emas

«Lokomotiv» bosh murabbiyi Gamid Agalarovni jamoada ko'rishni istagan, biroq klub rahbariyati bu transferga qarshi chiqdi.

⚽ Mixail Galaktionov Rotenbergdan Gamid Agalarovni sotib olishni so'ragan edi, biroq klub futbolchini tarkibni kuchaytiradigan variant sifatida ko'rmayapti. Dmitriy Vorobyov «Krasnodar»ga o'tib ketganidan keyin ham, jamoa yozda bu pozitsiyaga yangi o'yinchi olmasligi mumkin.

«Myach» kanali ushbu 26 yoshli maxachqalalik hujumchini «Lokomotiv»ning qisqa ro'yxatida borligini ma'lum qilgandi, ammo «Karp» xabariga ko'ra, murabbiylar shtabi uni kuzatmagan. Gap shundaki, klub rahbariyati Agalarovni «Lokomotiv» darajasidagi hujumchi deb hisoblamaydi, shu sababli u bilan jiddiy qiziqish bo'lmagan. Bu faqat Mixail Galaktionovning shaxsiy istagi bo'lgan va u inobatga olinmagan.

«Lokomotiv» markaziy hujum chizig'iga umuman futbolchi xarid qilmasligi ehtimoli katta. Hatto German Onugxa ham klub qiziqish doirasida emas. Jamoa hujum chizig'ida Rakov, Rudenko va yosh futbolchilardan foydalanishda davom etadi», — deya xabar beradi «Karp».
Lokomotiv stadioni VAR tizimi bilan jihozlandi

Lokomotiv stadioni VAR tizimi bilan jihozlandi

Lokomotiv stadioni VAR tizimi bilan jihozlandi. Bu ishlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta’minlash va xalqaro standartlarga moslashishga xizmat qiladi.

Lokomotiv jamoasi stadioniga VAR texnikasi o‘rnatildi.

Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan VAR tizimidan foydalanish uchun maxsus texnikalarni o‘rnatish ishlari jadal davom etmoqda.

Hozirda Lokomotiv stadioniga VAR texnikalarini joylashtirish ishlari to‘liq yakunlandi.

Mazkur sa’y-harakatlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta’minlash, shuningdek, o‘zbek futbolining xalqaro standartlarga mosligini oshirishga xizmat qiladi.