Navbahor va Paxtakor milliy chempionatda 1000-o'yinini o'tkazadi
FC NAVBAHOR ↗ ●●●●● Umumiy 👁 23

Navbahor va Paxtakor milliy chempionatda 1000-o'yinini o'tkazadi

Bugun jamoamiz O'zbekiston Superligasining 12-turidan o'rin olgan bahsni o'z maydonida OKMKga qarshi o'tkazadi.

Ma'lumki, “Navbahor” milliy chempionatimizga asos solinganidan buyon Superliganing muntazam ishtirokchisi bo'lgan ikki jamoaning biri (“Paxtakor” bilan birgalikda) hisoblanadi. Bugungi o'yin “lochinlar”ning milliy chempionatimizdagi yubiley – 1000-uchrashuvi hisoblanadi.

Shuningdek, bugun o'z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qiladigan “Paxtakor” ham Superligadagi 1000-o'yinini o'tkazadi va ushbu ikki klub milliy chempionatimizda minglik dovonni ilk bora zabt etgan jamoalar sifatida tarixdan joy oladi.

Bo'lajak 1000-uchrashuvda vakillarimizga omad yor bo'lib, muxlislarga quvonch ulashishlariga tilakdoshmiz.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!