Mirko Yelichich: - Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoa ochiq o‘yin ko‘rsatdi. Bunday o‘yinlarda o‘ynash va tomosha qilish yoqimli. O‘yinni ko‘proq biz nazorat qildik. So‘nggi daqiqalarda konsentratsiyani yo‘qotib qo‘ydik. Ikki ochko yo‘qotdik va bittagina ochko oldik.
- Aleksandar Shushnyarning o‘rni qanchalik bilinmoqda? Abdulloh Yo‘ldoshev bugun yomon o‘ynamadi, gol ham urdi, biroq baribir 3ta gol juda ko‘p.
- Bir nima deyish qiyin. Shushnyar yaxshi mavsum o‘tkazmoqda va tartibli harakat qilmoqda. Kucherenko ham. Abdulloh Yo‘ldoshev o‘tgan o‘yinni yaxshi o‘tkazdi. Bugun uni yomon o‘ynadi deb ayta olmayman. Balki kuchliroq raqiblar oldida unga biroz sifatlar yetishmayotgandir. Shushnyar-Kucherenko juftligida esa bizda sifat yaxshiroq ko‘rinadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!