Ruslanbek Jiyanov Navbahorning 1600-golini urdi
Navbahor yarim himoyachisi Ruslanbek Jiyanov O'zbekiston Superligasi doirasidagi bahsda klub tarixidagi 1600-gol muallifiga aylandi.
O'zbekiston Superligasining 12-turidan o'rin olgan Navbahor – OKMK (2:3) bahsida jamoa yubiley – 1600-golini urdi. Ushbu golga mazkur uchrashuvning 8-daqiqasida jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo'llab, olmaliqliklar darvozasini ishg'ol etgan 25 yoshli yarim himoyachi Ruslanbek Jiyanov mualliflik qildi.
Shu tariqa, Jiyanov Navbahorning yubiley gollarini urgan futbolchilar ro'yxatidan joy oldi.
Biz ushbu muvaffaqiyat bilan Ruslanbek Jiyanovni tabriklaymiz.