Lokomotiv bosh murabbiyi jamoadagi jarohatlar va tarkibdagi o'zgarishlar haqida
PFC Lokomotiv ↗ ●●●●● Matbuot 👁 12

Lokomotiv bosh murabbiyi jamoadagi jarohatlar va tarkibdagi o'zgarishlar haqida

Muhammadali Reimov va Jasur Yaxshiboyevning tarkibda yo'qligi bo'yicha:

Reimovning terma jamoada orttirib olgan eski jarohati bor edi. Mushaklari jarohati unga biroz halaqit qilmoqda. Uni xavf ostiga qo'ymadik va to'liqligicha tuzalishini kutamiz. Unchalik jiddiy bo'lmagan jarohat, lekin bu unga halaqit qilyapti. Bir yarim oy oldin Jasur Yaxshiboyevning mushaklarida jarohat bor edi, keyinchalik u davolandi. Biroq mashg'ulotlarda yana o'zini noqulay his qildi. Uni ham xavf ostiga qo'yishni istamadik. U ham to'liqligicha davolangani ma'qul.

Yozgi transferlar va tarkibni kuchaytirish haqida:

Bizga futbolchi kerak. Yangi futbolchilarni izlayapmiz. Yosh futbolchilarni yo'qotishni istamaymiz, ular bu darajada futbol o'ynashga tayyorlar. Boshqa futbolchi olsak ham yoshlarni tarkibga jalb qilamiz. Yoshlar esa o'z navbatida akalaridan o'rnak olib, yaxshigina tajriba olishmoqda. O'z vazifamizga yetishish uchun bir qancha futbolchilar asqotgan bo'lardi.

Jamshid Saidovning ketishi va murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar haqida:

Jamshid menga katta yordam berayotgandi. Futbolchilar bilan ishlashda u yaxshi mehnat qilayotgandi. Biz jamoaga ko'p tomonlama yordam berayotgan muhim insondan ayrildik. Sadriddin Abdullayev biroz qo'shishi kerak. O'zining qilayotgan ishlari esa o'ziga yaxshi. Sadriddin Abdullayevning vazifalarini ko'paytirdik.

Nikolay Ivanov va Yovan Nishichning o'yin amaliyoti haqida:

U jamoaga kelganida yaxshi jismoniy holatda edi va shu sababli Yovan Nishich ko'p o'ynamagandi. Hozir esa teskarisi. Yovanning holati yaxshiroq. Nikolay hozir asosan tayanch futbolchisi bo'lib qoldi va boshqa pozisiyalarga ulgurmayapti. Bir vaqtda ularning ikkovidan ham foydalanib bo'lmaydi. Har o'yinda ularni almashtirib, maydonga tushirish esa hissiyotlarni kamaytirib qo'yishi mumkin. Ikkisi ham erkin o'yin ko'rsatishni yaxshi ko'rishadi. Hozir Yovan yaxshiroq holatda, keyingilarida esa vaziyatga qaraymiz.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!